Главная » 2021 » Сентябрь » 7 » FIFA futbol rivoji uchun yangi loyihani amalga oshirmoqchi
18:40

FIFA futbol rivoji uchun yangi loyihani amalga oshirmoqchi


Olti qit’aning yetakchi futbolchi va murabbiylar guruhi FIFA’ning futbolni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Arsen Venger bilan birgalikda joriy hafta davomida jahon futbolini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qiladi.

Gap shundaki, bir qator futbolchi va murabbiylar Xalqaro futbol uyushmasi bilan erkaklar futboli bo‘yicha professional tajriba almashadigan Texnik maslahat guruhi (TAG) tarkibiga kiritildi. Yangi guruh a’zolari 3 mingdan ortiq bo‘lib, xalqaro va jahon chempionatlarida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Doxadagi ikki kunlik seminarga keluvchilar orasida Tim Keyxill (Avstraliya), Yuriy Jorkayef (Fransiya), Avraam Grant (Isroil), Sami Xedira (Germaniya), Marko Materatsi (Italiya), Nunu Gomes (Portugaliya), Roberto Karlos (Braziliya), Ronaldo Nazario (Braziliya), Mikel Silvestr (Fransiya), Piter Shmeyxel (Daniya), David Trezege (Fransiya) va Pablo Sabaleta (Argentina) nomini ko‘rish mumkin.

Ularning maqsadi jahon futbolida mavjud bo‘lgan tizimning alternativlarini muhokama qilish va dunyoning turli mintaqalarida futbolni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishdan iborat.

TAG tarkibiga bundan tashqari Alessandro Altobelli (Italiya), Ivan Kordova (Kolumbiya), Dide Drogba (Kot-d’Ivuar), Keysuke Xonda (Yaponiya), Julio Sezar (Braziliya), Yurgen Klinsmann (Germaniya), Xaver Maskerano (Argentina), Lotar Matteus (Germaniya), Farid Mondragon (Kolumbiya), Jey-Jey Okocha (Nigeriya), Maykl Ouyen (Angliya), Jon Terri (Angliya), Yaya Ture (Kot-d’Ivuar), Marko van Basten (Gollandiya), Antonio Valensiya (Ekvador), Xaver Zanetti (Argentina) kabi futbolchilar kiritilgan.

Ishtirokchilarning soni kengayib boradi. Loyiha 80 dan ortiq ekspert bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilmoqda.

FIFA’ning bu yilgi Kongressida qabul qilingan qarorlarga muvofiq, tashkilot jahon futboli kelajagi haqida maslahatlashadi va xalqaro o‘yinlar taqvimini o‘zgartirish variantlarini ko‘rib chiqadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: loyiha, FIFA, futbol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz