Главная » 2017 » Май » 25 » Firibgarlar, qabul komissiyasini endi umuman alday olmaysiz!
13:30

Firibgarlar, qabul komissiyasini endi umuman alday olmaysiz!


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlari o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini tatbiq etmoqda.

"Har yili 15 mingdan ortiq talabalar TATU qabul komissiyasiga hujjatlar topshiradi, ularni nazorat qilish va test sinovlarini o‘tkazish joyiga kiritishni nazorat qilish jarayoni ko‘p vaqt va kuch oladi, shu bilan abiturientlarni asosiy maqsadidan – test topshirishdan chalg‘itadi. Biz ushbu jarayonni test sinovlari o‘tkazish joyida biometrik pasport ma’lumotlari va barmoq izlarining skanerlarini qo‘llash hamda abiturientlar ma’lumotlar bazasini yaratish asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini joriy etish va avtomatlashtirish orqali ancha yaxshilashga va osonlashtirishga qaror qildik. Bundan tashqari, joriy yilda abiturientlardan hujjatlarni YaIDX portali orqali interaktiv shaklda qabul qilamiz, bu esa qabul komissiyaga hujjatlar topshirishda abiturientlarga kulaylik vaqtni tejashga imkon beradi", dedi TATU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Fayzulla A’zamov.

Abiturientlar hujjatlarini qabul qilish va imtihonlarga kiritish

15 iyundan 15 iyulgacha abiturientlar OTM qabul komissiyasiga hujjatlar va biometrik ma’lumotlarni topshiradi.

Serverda abiturientlarning biometrik va pasport ma’lumotlar yagona bazasi yaratiladi.

Abiturientlar ma’lumotlari yagona bazasining axborot xavfsizligi ta’minlanadi.

Har yili 1 avgustda biometrik ma’lumotlar bo‘yicha imtihonlarga kiritish sxemasi tuziladi.

Biometrik ma’lumotlar bo‘yicha abiturientlarni identifikatsiya qilishning iloji yo‘q vaziyatlarida kiritish muqobil komissiyasi tashkil etiladi.

Tizim o‘z ichiga abiturient barmoq izlarini olish uchun i-Clock-700 skanerlari, pasport personal ma’lumotlarini tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Regula" 7024M.111 skanerlari, abiturient barmoq izlarini pasport chipidagi barmoq izlari haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash uchun BioLink U-Match 3.5 skanerlari (abiturientga pasport tegishlilikni tekshirish), abiturientlar barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazish "i-Clock700" orqali amalga oshiriladi.

Biometrik axborotni olish, saqlash va ishlov berishga maxsus dasturiy ta’minot javob beradi.

Ushbu yechimning o‘ziga xos xususiyatlari:

Abiturientlar imtihoniga identifikasion kiritish mexanizmini tashkil qilish;

Abiturientlar ma’lumotlari yagona bazasini yaratish;

Ma’lumotlar bazasida abiturientlarni boshqa yo‘nalishlarga o‘zgartirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Test sinovlarini o‘tkazish joyida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini tatbiq etish mamlakatimizda birinchi marta joriy etilmoqda. Kelajakda TATU qabul komissiyasi tajribasini O‘zbekistonning boshqa OTMlarida ham qo‘llash mumkin.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: umuman, endi, alday olmaysiz, firibgarlar, Qabul komissiyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz