09:18 G‘azo sektorida urushni to‘xtatishga sulh tuzilmoqda | |
20-may kuni kechasi Isroil hukumati G‘azo sektoriga zarbalarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Qayd etilishicha, Isroil va XAMAS o‘rtasida o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish sulhi 21-mayga o‘tar kechadan kuchga kiradi. Eslatib o‘tamiz, Isroildagi vaziyat 11 kun muqaddam keskin tus olgandi. Shu vaqt oralig‘ida sektorda tinch aholi vakillaridan kamida 232 kishi halok bo‘lgani, shundan 100 nafarga yaqini ayollar va bolalar ekani aytiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|