10:07 «Tolibon» uch kunlik vaqtinchalik sulh haqida e’lon qildi | |
«Tolibon» radikal harakati Ramazon Hayiti bayrami vaqtida uch kunlik sulh ro‘y berishi haqida e’lon qildi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar tarqatgan. «Shuningdek, «Tolibon» Ramazon Hayiti uch kuni davomida vaqtinchalik sulh haqida e’lon qildi», - deya xabar berishgan agentlikdan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi yakunlanishi va Ramazon Hayiti bayrami tufayli «Tolibon» radikal harakati bilan vaqtinchalik sulhga erishilgani haqida ma’lum qilgandi. «Sulh «Tolibon»ga zo‘ravonlik kampaniyasi odamlarni o‘ziga tortmasligi, balki afg‘on xalqi bu g‘oyalardan yanada itarib tashlashini tushunishi uchun imkoniyat sanaladi», - deyilgan prezident xabarida.
Manba: "kun.uz"
| |
|