10:51 Tolibon Hizb ut-Tahrir faoliyatini taqiqladi | |
Tolibon harakati Hizb ut-Tahrir al-Islomiy va yana ikki tashkilotning Afg‘onistondagi faoliyatini taqiqladi. “Bosh razvedka boshqarmasi rahbariyatining buyrugʻiga koʻra, Hizb ut-Tahrir, Jamiyat Eslah va Najm tashkilotining har qanday siyosiy faoliyati taqiqlanadi”, — deyiladi Tolibon bayonotida. 2021-yil avgust oyi boshida Tolibon afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining soʻnggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida boʻlgan Kobul aeroportidan Gʻarb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afgʻonlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|