Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » “Tolibon” ayollar politsiya bo‘linmasini shakllantirmoqda
12:52

“Tolibon” ayollar politsiya bo‘linmasini shakllantirmoqda


Afg‘oniston hukumati Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi bo‘linmalaridan biriga ayollarni xizmatga qabul qila boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ayni paytda mazkur bo‘linmada 100 nafar xotin-qizlar xizmat qilish uchun o‘qitilmoqda.

“Tolibon” harakati o‘z vazifalari haqida rasman izoh bermagan. Biroq, ekspertlarning fikriga ko‘ra, ular ayollar noroziligiga qarshi turish uchun ishlatilishi mumkin.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida toliblar ayollar mitingini havoga o‘q uzgan holda tarqatib yuborishgan. O‘tgan yilning sentyabr oyida Tolibon ayollar namoyishida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, politsiyaga ishga yollangan ayollardan Afg‘oniston milliy politsiyasiga qaytish uchun sobiq tanishlarini jalb etishni so‘ramoqda.

Chunki “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng, Afg‘oniston huquq-tartibot idoralarida ayol xodimlar soni keskin kamaygan.

2022 yilning yozida Tolibon ayollarga xavfsizlik kuchlarida ishlashga qisman ruxsat bergan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: shakllantirmoqda, bo‘linmasini, Tolibon, ayollar, politsiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz