Главная » 2021 » Сентябрь » 13 » “Tolibon” yetakchisi Abdul G‘ani Barodar o‘ldirildimi?
16:57

“Tolibon” yetakchisi Abdul G‘ani Barodar o‘ldirildimi?


“Tolibon” harakatining siyosiy qanoti rahbari, Afg‘oniston hukumati rahbarining o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Barodar o‘ldirilgan yoki jarohatlangani haqidagi xabar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda “Tolibon”ning Qatardagi ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shohin ma’lum qildi.

“Mulla [Abdul] G‘ani Barodar Oxundning yaralangani yoki o‘ldirilgani haqidagi xabarlar asossiz va yolg‘on, men qat’iyan ularni rad etaman”, degan Shohin.

Avvalroq, OAVda "Tolibon" guruhlari o‘rtasida yuz bergan otishma oqibatida Abdul G‘ani Barodar yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi. Unga mulla Muhammad Hasan Oxun Bosh vazir etib tasdiqlandi. "Tolibon" nomidan dunyo davlatlari bilan muzokara olib boradigan mulla Abdul G‘ani Barodar esa Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

PrezidentAshraf G‘ani boshliq AQSH etovidagi hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib borishdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘ldirildimi, Tolibon, Abdul G‘ani Barodar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz