10:14 “Tolibon” Rossiyadan yordam so‘radi | |
Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Afg‘oniston o‘rtasida sanksiyalar bosimini kamaytirish masalasida vositachi bo‘lishi, shuningdek mamlakatni qayta tiklashga yordam berishi mumkin. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qilgan.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati BMT Xavfsizlik Kengashining bo‘lajak yig‘ilishlarida Qobul uchun aniq ijobiy natijalarni kutmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati vakillari Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, yuqori darajali Bosh Assambleya haftaligida qatnashish niyatini bildirgandi va Muhammad Suhayl Shohinning nomzodini Afg‘onistonning doimiy vakili sifatida tasdiqlash uchun yuborgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|