19:37 “Tolibon” erkaklarga soqol olishni taqiqladi | |
“Tolibon” Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida zamonaviy soch turmagi qilishni va soqol olishini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. Qayd etilishicha, Islom yo‘nalishi vazirligi rasmiylari Helmand viloyatining markazi – Lashkargohda erkaklar sartaroshxonalari vakillari bilan uchrashgan va sochni turmaklamaslik hamda soqolni olmaslikni so‘ragan. Bundan tashqari, sartaroshxonalarda musiqa va madhiyalar ijro etilmaslik ham aytilgan. Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” Afg‘oniston Ayollar ishlari vazirligini tugatib, uning o‘rniga Islom yo‘nalishi vazirligini joriy qilgan. Bundan tashqari, “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid ham Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol vazirlar bo‘lmasligini aytgan. Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” bundan avval ayollarning Hirot viloyatidagi sanoat zonasiga kirishini taqiqlagandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|