10:45 Germaniya bir qator koʻrsatkichlar boʻyicha qoniqarsiz natija qayd etyapti | |
JCh-2022 guruh bosqich 2-turida Germaniya termasi 1:1 hisobida Ispaniya bilan durang oʻynadi. Xans-Diter Flik shogirdlari uchrashuv davomida toʻpga 35,8 foiz hisobida egalik qilishdi. Bu terma jamoaning mazkur musobaqadagi eng yomon koʻrsatkichi hisoblanadi. Shu kabi statistika 1966-yildan beri hisoblab kelinadi. Ispanlar bilan oʻyinga qadar Germaniya TJning bu boradagi antirekordi 1986-yil Meksikadagi JChda Marokashga qarshi (1:0, 39 foiz egalik qilgan) oʻyinda qayd etilgandi. Shuningdek, Germaniya soʻnggi 8 oʻyinda Ispaniya ustidan 1 marta gʻalaba qozongan xolos. U ham boʻlsa, 2014-yil oʻrtoqlik oʻyinida. Bundan tashqari, Germaniya tarixda birinchi marta jahon chempionatining dastlabki ikki oʻyinida gʻalaba qozona olmadi. Qolaversa, nemislar 2022-yilda oʻtkazilgan sakkizta rasmiy oʻyinning birortasida ham oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolishmagan. Eslatib oʻtamiz, “nemis mashinasi” guruhdagi 3-tur bahsini 1-dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻtkazadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|