Главная » 2016 » Декабрь » 23 » Hammasi mandarin haqida!
19:29

Hammasi mandarin haqida!


Yangi yil arafasida barchaga sevimli meva – mandarinlar dasturxonimizdan joy oladi. Xitoyda ushbu sitrus mevani tortiq qilish urfga kirgan bo‘lib, aytishlaricha bunday sovg‘a baxt va to‘kinlik olib kelar ekan. Mandarin so‘zi esa “oltin” degan ma’noni anglatadi.

Mandarinlarni bozor rastaralaridan xarid qilishdan avval ularning nomi va navi bilan qiziqing. Sababi ba’zi turdagi mardarinlarni saqlash muddati 1 oydan oshsa, boshqalariniki bundan ham kam. “Klementin” deya nomlanadigan mandarin navi boshqalariga nisbatan eng uzoq vaqt buzilmasdan turadi. Xarid qilganda vazniga e’tibor bering. Sifatli mandarinlar vazni og‘ir  bo‘ladi. Katta, po‘stlog‘i  qattiq mandarinlar suvli va shirin bo‘ladi.

Mandarinni kuchli allergen mevalar qatoriga qo‘shadiganlar qattiq yanglishishadi. Sababi tuxum, baliq, ikra, yeryong‘oq, krevetklar bu borada yanayam xavfliroqdir.

Mandarinlar 3 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarga tavsiya qilinmaydi. Xuddi shunday homiladorlik paytida ham bu mevani iste’mol qilmagan ma’qul, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi oylarida.

Dietologlarning fikricha, bu meva dunyodagi eng past kaloriyali mevalar turiga kiradi. 100 gr. yumshoq eti 42 kkal.ga ega. Bu esa bir dona bodring iste’mol qilganga teng.

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lmoqchimisiz? Marhamat, mandarin iste’mol qiling. Uning tarkibidagi vitaminlar moddalar almashinuvini yaxshilab, ortiqcha yog‘larni parchalaydi, yurakni mustahkamlaydi.

Mardarinlar oshqozon faoliyatini yaxshilovchi pektinlarga ham boydir. Kuniga iste’mol qilingan 2-3 dona mandarin immunitetni mustahamlab, shamollashning oldini oladi.

Bu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, asabni tinchlantiruvchi magniy, yurak va buyrakni mustahkamlovchi kaliy mavjud.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Mandarin | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz