10:25 Mandarin Xolesterinni Kamaytiradi | |
Sovuq mavsumda mandarin iste’mol qilish turli infeksiyalarga chidamli bo‘lishda yordam beradi. Shuningdek, tungi uyqu davomida o‘pka va bronxlarda yig‘ilgan shilimshiq ajralmalarni nahorga mandarin sharbatini qabul qilish bilan bartaraf etish mumkin. Resept: Quruq yo‘talni yengillashtirish va balg‘am yengil ko‘chishi uchun: 1 dona mandarin po‘stining 4/1 qismini quritib, 1 stakan qaynagan suvda damlang. Suyuqlikni choy o‘rnida kuniga 2-3 mahal ichish mumkin. Xolesterin miqdorini kamaytirishda: danaksiz, kichikroq mandarinni tanlab, po‘stini archib, biroz quriting. So‘ng 1 stakan qaynagan suvda damlab, usti yopiq idishda 10 daqiqa tindiring. Damlamani kun davomida 2-3 qismga bo‘lib qabul qilinadi. Muolaja davomiyligi umumiy holatdan kelib chiqib belgilanadi. Asabni tinchlantirishda: mandarindan tayyorlangan sharbatni tungi uyqudan avval ichish asab tizimini yaxshilaydi hamda uyquni me’yorlashtiradi. Yurak mushaklarini mustahkamlash uchun mandarin mevasini oq po‘stlog‘i bilan iste’mol qilinadi. Homilador ayollar uchun ayniqsa, birinchi uch oylikda mandarin mevasi juda zarur. Chunki bu vaqtda ayol organizmida S vitamini tanqisligi boshlanadi. Biroq shuni unutmangki, mandarinning ortiqchasi ziyon. Homilador ayollar uchun kun davomida 1-2 ta kichik mandarin mevasini iste’mol qilish me’yor sanaladi. Kimlarga mumkin emas? Oshqozon faoliyati bilan bog‘liq xastaliklarda, 12 barmoqli ichak yarasi, gastritda mandarin yeyish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, mandarin mevasi buyrak faoliyati uchun ham zararli. Gepatit, nefrit va xolesistit kasalliklarida umuman ta’qiqlanadi. Allergik toshmalarga moyilligi bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|