12:36 Hindistonda COVID-19 alomatlari yozilgan 5000 yillik ma’lumot topildi | |
Koronavirusning kelib chiqishi haqida qiziqarli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Hindistonlik shifokor Smita Naramning so‘zlariga ko‘ra, besh ming yil oldin “Ayurveda”da (hind xalq tibbiyotining an’anaviy tizimi, o‘zbekchada “hayot ilmi” – tahr) COVID-19 alomatlari bo‘lgan kasallik tasvirlangan va uni davolash usullari keltirilgan. Smita Naramning so‘zlariga ko‘ra, “Ayurveda”da ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, ammo o‘pkada joylashgan viruslarni tavsiflovchi bo‘lim mavjud. Unda ushbu kasallikni davolash usullari tasvirlanar ekan, birinchi navbatda, izolyatsiya qilish maslahati beriladi. Bundan tashqari, virusni zaiflashtiradigan har qanday narsani yeyish va ichish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, “Ayurveda”da nafas olish tizimini mustahkamlaydigan mashqlar keltirilgan. Infeksiya yuqtirib olgan bemorga don, sut mahsulotlari va qizil go‘shtni iste’mol qilishni to‘xtatish tavsiya qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga 24 530 nafar odam chalindi. 5 498 bemor shifo topgan bo‘lsa, 780 kishi vafot etdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|