11:28 Homiladorlikda sut mahsulotlarini qay tarzda iste’mol qilgan ma’qul? | |
Sut vitamin va mikroelementlarga boy ichimlik. Agar organizmingiz avvaldan uni hazm qilishga qiynalsa, homiladorlikda sutdan voz kechgan afzal. Ammo, oldin hech qanday muammo bo‘lmagan ekan, uni bu nozik pallada ichish mumkin, hattoki zarur! 1. Bo‘lajak ona organizmida sut yaxshi hazm bo‘lishi uchun, uni choy, suv yoki mevali sharbat bilan aralashtirib ichgan ma’qul. 2. Taomlanib bo‘lgandan keyin sut ichish, ovqat hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Sutni och qoringa ichish tavsiya etiladi. 3. Homilador ayollarga sutni bir simirishda ichib yuborish tavsiya etilmaydi, aksincha uni oz-ozdan ichsangiz foydali moddalari homilaga yaxshi ta’sir etadi. 4. Sutni aslo qaynatmasdan icha ko‘rmang. 5. Homiladorlik vaqtida eng foydalisi echki sutidir. Birinchidan, uning tarkibida yog‘ miqdori ancha kam, tarkib ona sutiga o‘xshaydi. Ikkinchidan, esa immunitetni mustahkamlab, bo‘lajak onaning kasallikka chalinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qolaversa, oson hazm bo‘ladi. 6. Asalga allergiyasi bo‘lmagan ayollar sutni asal bilan aralashtirib ichishsa, asab tizimi va uyqu yaxshilanadi, toksikoz yengilroq o‘tadi. 7. Oshqozon yarasi yoki kamqonlikdan aziyat chekayotgan bo‘lajak onalar sut ichmaganlari ma’qul.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|