14:32 Ichki ishlar metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsni qidiruvga berdi | |
Joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatida noma’lum erkak 2008 yilda tug‘ilgan A.E.ga nisbatan behayo harakatlar qilgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|