21:27 Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berildi | |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq buyurtma asosida avtotransport vositalari uchun oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatilgan. UMO seriyali xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari ham shu tartibda belgilangan to‘lovlar (bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari) asosida buyurtmaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda transport vositalariga rasmiylashtirib berilgan. Xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini hududiy YHXBlarga topshirish oddiy davlat raqami belgilarini topshirish bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati
Manba: "aniq.uz"
| |
|