22:53 Ramzan Qodirovning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi | |
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvadagi kasalxonalardan biriga koronavirus infeksiyasiga shubha bilan kasalxonaga yotqizilgan. Buni TASS manbalari ham tasdiqlashmoqda. Hozirda Checheniston rahbari haqiqatan ham shifokorlar nazorati ostida. Ma’lum qilinishicha, Qodirovning ahvoli "barqaror" bo‘lib, rasmiy ravishda uning kasalxonaga yotqizilgani haqida hozircha hech qayerda xabar qilinmagan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|