13:29 Ikki oy shifoxonada ishlab kelgan otani hatto qizi ham tanimadi | |
Xitoyning Guychjou provinsiyasida 3 yoshli qizaloq otasi — Uxanda uzoq vaqt xizmat safarida bo‘lgan tibbiyot xodimi Van Bensyueni tanimadi. Bu haqda "AsiaOne"" xabar berdi. Bensyue yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda qatnashib, fevraldan beri uyiga kelmagandi. Uxanda u 21 nafar bemorga g‘amxo‘rlik qildi. Ikki oy zo‘riqib mehnat qilgandan so‘ng 39 yoshli tibbiyot xodimining soch-soqoli butunlay oqarib ketdi. Guychjouga qaytgandan so‘ng Bensyue ostonadan 3 yoshli qizini chaqirdi. Nima qilishini bilmay qolgan qizcha uning yoniga kelib: «Siz kimsiz?» dedi. Soch-soqoli oqarib ketgan odamning otasi ekanligini tanib olishi uchun unga bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Shundan keyingina otasining bo‘ynidan quchib oldi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|