13:57 Indoneziyada Telegram bloklandi | |
Telegram messenjeri Indoneziya hududida mamlakat aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi qarori bilan bloklandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Vazirlik vakili ushbu axborotni tasdiqladi va qo‘shimcha ravishda idora bu masalada bayonot tayyorlayotganini aytdi. Indoneziyalik foydalanuvchi Twitter orqali messenjer yaratuvchisi Pavel Durovga murojaat qilib, u bu voqeadan xabardor-xabardor emasligi haqida so‘radi. “Bu g‘alati, biz Indoneziya hukumatidan hech qanday so‘rov yoki shikoyat olmagan edik. Biz taftish o‘tkazib, bayonot beramiz”, — deb javob berdi unga Durov.
Manba: "daryo.uz"
| |
|