Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Inson organlari bilan savdo qiluvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi
15:28

Inson organlari bilan savdo qiluvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi


Misrda inson organlari bilan halqaro miqyosida noqonuniy savdo qiluvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Medportal.ru” xabar bermoqda.
 
Ushbu guruh a’zolari sifatida ushlangan 25 dan ortiq fuqaro orasida shifokorlar va hamshiralar ham borligi aytilmoqda. Jinoyatchilar inson organlari evaziga olgan AQSh dollarlari, oltin quymalari ham topildi.
 
Aytish lozimki, Misrda inson organlari bilan savdo qilish rasmiy ravishda taqiqlangan. Biroq, mamlakatdagi g‘arib aholi qatlami o‘z buyragi, jigarining bir qismini pul ishlab topish uchun ana shunday noqonuniy guruh vakillari va yashirincha organlar savdosi bilan shug‘ullanadigan shifokorlarga sotadi.
 
Eng achinarlisi, ular buni qarzlarini to‘lash yoki bo‘lmasa, shunchaki, kundalik oziq-ovqat sotib olish uchun qilishadi.
 
Misr hukumati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan guruh arab fuqarolaridan iborat bo‘lgan. Ular kambag‘al kishilarga organlarini sotish taklifini bildirib, organ evaziga katta pul berishni va’da qilishgan. Organni qo‘lga kiritgach, uni bir necha bor qimmatga pullaganlar.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov ishlari Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatdagi qator lisenziyaga ega bo‘lgan va bo‘lmagan shifoxonalarda o‘tkazilgan.
 
Ushbu shifoxonalarda donorlardan organlarni olish va boshqa bemorlarga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan.
 
Tergov jarayonida surishtiruv ishlari olib borilayotgan 10 ta tibbiyot markazidan kompyuterlar va hujjatlar olib qo‘yilgan.
 
2010 yilda Misr dunyoda inson organlari bilan noqonuniy ravishda savdo qilinadigan 5 mamlakatning biri sifatida “e’tirof” etilgandi. 2012 yili esa mamlakatdagi qator viloyatlarda bir necha qochoqlar, organlarini olish maqsadida o‘ldirilgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan.
 
2016 yilga kelib esa, Misrda istiqomat qiladigan kontrabandachilardan biri italyan prokuroriga o‘z qarzlarini to‘lay olmagan kishilar noqonuniy ravishda inson organlari bilan savdo qiluvchi shaxslarga sotib yuborilishini aytgani borasidagi ma’lumotlar bolaladi. Ushbu ma’lumot hozircha o‘z tasdig‘ini topmagan.
 
Misr hukumati rasmiy saytida e’lon qilingan ushbu xabarda, ayni jinoiy guruh halqaro tizimga ega bo‘lgan yirik jinoiy guruh ekani aytib o‘tilgan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ostona, 4 egizak, dunyoga keldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz