18:13 Interpol Red Bull asoschining nabirasini xalqaro qidiruvga berdi | |
Interpol Tailandning eng boy tadbirkorlaridan biri, Red Bull energetik ichimliklari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi asoschining nabirasi Vorayut Yuvittxayyani qidiruvga berdi. U mamlakat hududida og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi “TASS”. The Bangkok Post nashriga ko‘ra, Yuvittxayyaga nisbatan Interpol bilan hamkorlik qiluvchi mamlakatlarga gumonlanuvchining manzilini aniqlash majburiyatini yuklovchi “ko‘k ogohlantirish” chiqarilgan. Biroq Tailand huquq-tartibot idoralari tashkilot gumonlanuvchini tutish va hibsga olishni ko‘zda tutuvchi “qizil ogohlantirish” qabul qilishiga erishish niyatida. Bangkok sudi avtomobilni ehtiyotsizlik bilan boshqarish oqibatida politsiyachi o‘limiga sabab bo‘lganlikda gumon qilingan Yuvittxayyani qamoqqa olishga 28-aprelda order bergandi. Uning o‘zi bundan bir necha kun avval xususiy samolyotda Singapurga yo‘l oladi va noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘ladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|