Главная » 2020 » Июль » 16 » JSST COVID-19 vaksinasini kim birinchi bo‘lib olishini ma’lum qildi
22:37

JSST COVID-19 vaksinasini kim birinchi bo‘lib olishini ma’lum qildi


Birinchi koronavirus vaksinasi past va o‘rtacha daromadli mamlakatlarga yuboriladi.

Bu haqda JSSTning Ukrainadagi vakolatxonasi rahbari Yarno Xabixt ma’lum qildi.

“Tibbiyot xodimlari, tibbiy ahvoli og‘ir va 65 yoshdan oshgan odamlar ustuvor guruhlar bo‘lishi mumkin”, deydi Xabixt.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hozirgi kunda epidemiyaga tayyorgarlik bo‘yicha innovasion koalisiya va GAVI bilan ushbu vaksinaning ikki milliard dozasini dunyo bo‘ylab tarqatish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

"Qaysi mamlakat birinchi bo‘lishi kerakligi haqida munozaralar olib borilmoqda", dedi Xabixt hozircha davlatlar ro‘yxati yo‘q ekanligini ta’kidlar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSSTning vazifasi mezonlarni ishlab chiqish va vaksinani mamlakatlar o‘rtasida tarqatishda yordam berishdir.

“Vaksinani ishlab chiqarishni moliyalashtirish to‘g‘risida ham yakuniy qaror mavjud emas, ammo umuman olganda, u birlashtiriladi: qisman gumanitar yordam bo‘ladi, o‘rtacha va past daromadli davlatlarga yordam ko‘rsatiladi. Ehtimol, ba’zi davlatlar o‘z manbalaridan foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

"Hozirgi kunda dunyoda 700 ga yaqin vaksina sinovlar jarayonida bo‘lib, shulardan 22 tasi Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya, Yapomiya va Kanada kabi mamlakatlarda klinik sinovlardan o‘tmoqda", deydi Xabixt vaksinani qidirish to‘g‘risida izlanishlar davom etayotganini qo‘shimcha qilib.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vaksinasini, olishini, covid-19, ma’lum qildi, JSST, kim birinchi bo‘lib | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz