11:33 JSST COVID-19 bilan bog‘liq yangi bayonot berdi | |
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga oid taxminlarida ehtiyot bo‘lishga harakat qilmoqda, ammo dunyo xastalik yakuniga olib boruvchi yo‘lning o‘rtasida deb hisoblamoqda. JSSTning Yevropa byurosi direktori Gans Klyuge bu haqda "Novoye Vremya"ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. "Bunday viruslarning taxminan ikki yil davomida rivojlanishi haqida umumiy ma’lumotlar bor, shuning uchun biz hali ham yarim yo‘ldamiz", deb tushuntirdi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, JSSTga koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni bashorat qilish qiyin bo‘lmoqda, chunki vaziyatning qanday o‘zgarishini oldindan aytib bo‘lmaydi. "Profilaktika choralari, lokdaun va virusni nazorat qilish bo‘yicha harakatlarning faol qo‘llanilishi bilanoq, u pasayib boradi. Ammo salgina e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ysak, yana kasallar sonining tez sur’atlarda ko‘payib borishiga guvoh bo‘lamiz", dedi JSSTning Yevropa byurosi direktori.
Manba: "aniq.uz"
| |
|