19:38 Japarov qirg‘iz-tojik mojarosi yuzasidan bayonot berdi | |
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Japarov Qirg‘izistonning barcha aholisini, birinchi navbatda siyosiy kuchlar va ommaviy axborot vositalarini tinch bo‘lishga, provokasiyalarga berilmaslikka, dushmanlik va ixtilofni qo‘zg‘atmaslikka chaqirdi.
Qirg‘iziston rahbari ta’kidlashicha, xavf mojaroni ichkaridan tutashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar tomonidan yuzaga kelgan. Japarov barcha siyosiy kuchlarni tiyilishga chaqirdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|