12:13 Isroil va Falastin mojarosi keng miqyosli urushga aylanib ketishi mumkin – BMT | |
«Urushni darhol to‘xtating. Biz keng miqyosli urushga yaqinlashmoqdamiz», – deya tvit yozib qoldirdi u. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga bergan aviazarbalari va artilleriya hujumlari qurbonlari soni 115 kishiga etdi, 600 kishi yaralandi. Isroil va Falastinning G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat dushanba kuni kechqurun keskinlashdi. Isroilning aholi punktlariga raketa hujumlari deyarli doimiy ravishda bo‘lib turadi, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, olti nafar tinch aholi va bitta isroillik askar halok bo‘ldi. Isroil samolyotlari va artilleriyasi G‘azo sektoriga katta zarbalar berib, Falastinning XAMAS va Islomiy jihod guruhlarining nishonlariga zarba berdi. Natijada, 4 mingdan ortiq turar-joy binolari vayron bo‘ldi, anklavda elektr yo‘q.
Manba: "aniq.uz"
| |
|