17:59 Tojik-qirg‘iz chegarasida aholi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi | |
Qirg‘iziston va Tojikiston chegara tumanlaridagi qishloqlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Holat yuzasidan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 3-dekabr kuni davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida mojaro sodir bo‘lgan. “Avtomobilni Somonen qishlog‘i orqali Daxma qishlog‘i tomon ketayotganda Qirg‘iziston fuqarosi M.N.ga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlata boshlagan Tojikiston fuqarolari. Natijada Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqib, tosh otishga aylangan”, — deyiladi xabarda. Mojaro avj olishi hamda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolarining tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Qirg‘iziston fuqarosi ov qurolidan foydalanib, havoga 3 marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Ayni paytda bo‘lib o‘tgan voqeaning holatlari hamda sabablariga oydinlik kiritish maqsadida Botken va Isfara uchastkalarida Qirg‘iziston va Tojikiston chegara vakillari darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Manba: "Xabardor.uz"
| |
|