22:47 Hokimlik mutasaddilari va yarim-yalang‘och raqqosalar videosi yuzasidan bayonot berildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari va raqqosalar aks etgan videolavha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sirdaryo viloyati hokimligi bayonotiga ko‘ra, jarayon 2020-yil oktyabr oyining o‘rtalarida taxminan kech soat 21:00 da (ishdan tashqari vaqtda) Sirdaryo tumanidagi «Yevro Aziya» restoranida sodir bo‘lgan. Ishdan tashqari vaqtda boshqa fuqarolar singari restoranga ovqatlanish uchun borgan mas’ullar - tuman hokimi o‘rinbosari (o‘sha vaqtda tuman hokimi yordamchisi) tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Sirdaryo tumani inspeksiyasi bosh mutaxassis-davlat inspektori, «Suvoqova» davlat unitar korxonasi rahbari hamda Sirdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari bo‘lgan. «Holat yuzasidan restoran ma’muriyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Mas’ul xodimlarga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi eslatib o‘tildi. Shuningdek, lavozimdan ozod etish kabi qat’iy chora qo‘llanilishi belgilandi» — deyiladi bayonotda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|