Главная » 2022 » Сентябрь » 26 » Parkentda bolalar jar yoqalab maktabga qatnayapti. Hokimlik tilga kirdi
11:02

Parkentda bolalar jar yoqalab maktabga qatnayapti. Hokimlik tilga kirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Parkent tumani Changi qishlog‘ida bolalar maktab jar yoqalab ketayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Parkent tumani hokimligi vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Changi qishlog‘i “Nurobod” MFY Obisher ko‘chasida 14 ta xonadon mavjud. Ko‘cha 2018 yilda tashkil etilgan. O‘quvchilar qiyinchilik bilan yurayotgan yo‘l  mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan, ammo 2022 yil bahor faslidagi davomiy yog‘ingarchiliklar sababli yo‘lning katta qismiga jiddiy zarar yetgan.

Bu ko‘chadan 8 nafar maktab o‘quvchisi Hisorak qishlog‘ida joylashgan 29-umumtaʼlim maktabiga qatnashadi. Ushbu maktabga borish uchun muhokamalarga sabab bo‘lgan rasmlarda ko‘rsatilgan yo‘ldan tashqari qo‘shimcha xavfsiz yo‘l ham mavjud. Obisher ko‘chasi bilan maktab orasidagi masofa 1.3 km tashkil etadi.

“Tuman hokimligi mutasadddilari ushbu yo‘l ichki yo‘llar balansiga kirmaganligi sababli loyiha-smeta asosida ichki yo‘llar balansiga kiritilishini hamda qurilish ishlarida malakali mutaxassislar jalb qilinishini, shunchaki shag‘al tashlash orqali muammoga uzil-kesil yechim topib bo‘lmasligi, yomg‘irli mavsumlarda bunday holatlar yana takrorlanishi mumkinligini maʼlum qiladi. 

Qishloqdagi bu vaziyat tuman hokimligining to‘liq nazoratiga olingan va qurilish ishlari uchun loyihalashtirish ishlari boshlangan. 2022 yil so‘ngiga qadar bu masalaga ijobiy yechim topiladi”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yoqalab, Bolalar, maktabga, kirdi, Parkentda, Hokimlik, qatnayapti, tilga, jar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz