19:52 Navoiyda bolalar ommaviy zaharlandi | |
Navoiy viloyati prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 9 sentyabr kuni soat 17:00 da Karmana tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 10 nafar voyaga yetmaganlar umumiy holsizlik, qusish va ich ketishi kabi klinik belgilar bilan yotqizilgan. Ushbu belgilar bo‘yicha bemorlarga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limi tomonidan “oshqozon-ichak faoliyatini buzilishi” tashhisi qo‘yilib, ularning 9 nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli, shifoxonadan chiqarilgan. Aytilishicha, 1 nafar voyaga yetmagan boshqa kasallik alomatlari o‘tkir resperator, yuqori nafas yo‘llarining shamollashi tashhisi bilan davolanmoqda. Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. “Tergovga qadar tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi prokuratura xabarida.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|