11:54 JSST Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasiga munosabat bildirdi | |
Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bilan bog‘liq holatni izohlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik mutaxassislari har qanday xavfsiz va samarali vaksina hamma uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi. "Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 vaksinasi Rossiya Federasiyasining dori-darmonlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan xabardor", - deyiladi tashkilot izohida. Shuningdek, ekspertlar tomonidan ta’kidlanishicha, JSST "butun dunyo bo‘ylab bunday vaksinalardan tezkor, adolatli va teng huquqli foydalanishga" chaqirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Rossiya dunyoda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat "Sputnik V" nomini oldi. Uning birinchi partiyasi keyingi ikki hafta ichida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|