22:31 JSSTdan xushxabar! | |
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ijrochi direktori Sumya Svaminatan yaqin oylarda koronavirusning yangi turiga qarshi kamida to‘rtta vaksinadan foydalanish mumkin bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ayni paytda rivojlanishning turli bosqichlarida bo‘lgan 150 ga yaqin nomzod vaksinalar mavjud. "Ularning kamida 15tasi sinovning so‘nggi bosqichida", - deydi Svaminatan. Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST hozirda rivojlanish bosqichida bo‘lgan yana ko‘p miqdordagi vaksinalar to‘g‘risida ma’lumot olishni kutmoqda. Svaminatan, shuningdek, tashkilot vaksinaning samaradorligi uchun 70% miqdorida chegara qo‘yganligini ta’kidladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|