17:08 Kabobmisan kabob - tovuq go‘shtidan ajoyib taklif! | |
Zarur masalliqlar: 1 kg. tovuq go‘shti (suyaksiz), 2 osh qoshiqdan soya sousi va pomidor tomati, 1 osh qoshiqdan achchiq qalampir, tuz, zira, yarim bog‘ shivit. Garnir uchun: 2 ta kartoshka, 1 stakan guruch. Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shtini o‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak shaklida kesib, soya sousi, tuz, zira va qalampir bilan marinadlang. 2. Alohida idishda pomidor tomatini 1 stakan qaynatilgan suv va to‘g‘ralgan shivit bilan aralashtiring. 3. Marinadlangan go‘shtni kabob cho‘pchasiga terib chiqing. So‘ngra toblama idishiga joylang. Ustidan tomatli aralashmani quyib, 160 daraja issiq haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Taom 30 daqiqada tayyor bo‘ladi. 4. Garnir uchun kartoshkani qovuring, guruchni esa dimlang. Kabob pishgach, likopcha yarmiga garnirni, yarmiga esa kabobni joylab, dasturxonga tortishingiz mumkin. Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|