16:42 «Qish oqshomlari» kabobi | |
Juftingiz bilan birga pishiring! Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go‘shti (suyaksiz), 3 osh qoshiqdan ketchup va soya sousi, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog‘i, ziravorlar, qora murch. Tayyorlanishi: 1. Ketchupga soya sousini soling. Kujut yog‘i, qora murch va ziravorlarni ham qo‘shing. Tuz shartmas. 2. Sarimsoqpiyozni yaxshilab ezib, aralashmaga solasiz-da, aralashtirasiz. 3. Tovuq go‘shtini uzunasiga o‘rtacha qalinlikda to‘g‘raysiz. 4. Tovuq go‘shti ustiga marinadni soling. Kamida yarim soat marinadlab qo‘ying. 5. Marinadlangan go‘shtni sixlarga tortib, kabob qo‘rasida yoki gaz pechida pishirib oling. 4 kishilik 1 soatu 35 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|