10:50 Karantin paytida Gulistonda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi | |
20 aprel kuni soat 21:30 larda Boyovut tumani, Gulbog‘ MFYda doimiy ro‘yxatda turib, o‘zi Guliston shahar, 4-mavze, «Bo‘ston» MFYda yashovchi, vaqtincha ishsiz, fuqaro YA.N. karantin qoidalarini buzib, yashash joyida Guliston shahar, «Sayqal» MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro J.J. bilan 150 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilayotganligi aniqlangan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi. Sud hukmi bilan huquqbuzar YA.N.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) barobari, ya’ni 4.460.000 so‘m miqdorida jarima, 190-moddasi 2-qismi bilan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|