19:33 Karantin cheklovlari tugatilishi haqidagi xabarlarga SSV izoh berdi | |
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda Respublika maxsus komissiya tomonidan kiritilgan karantin cheklovlari tugatilishi haqida asossiz xabarlar tarqaldi, deyiladi SSV izohida. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator cheklovlar bilan birga kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning 08:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu tartiblar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum bir muddat uchun qabul qilingan emas, ya’ni epidemiologik vaziyat barqarorlashganda ushbu cheklovlar bekor qilinadi. Ammo hozirda ularga hech qanday o‘zgarish kiritilmagan. «Agar karantin qoidalariga oid biror o‘zgarish kiritilsa, buni Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi. Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan va ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi. SSV matbuot xizmati o‘zizohida ushbu cheklov va uning muddatiga e’tibor qaratmagan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|