Главная » 2022 » Декабрь » 9 » Maktablarda qo‘shimcha ta’til joriy etiladimi? XTV izoh berdi
10:51

Maktablarda qo‘shimcha ta’til joriy etiladimi? XTV izoh berdi


Maktablarda qo‘shimcha ta’til joriy etiladimi? XTV izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger va foydalanuvchilar sovuq ob-havoda maktab o‘quvchilariga navbatdan tashqari ta’til berish kerakligi bo‘yicha takliflar bilan chiqmoqda. Bu borada Xalq ta’limi vazirligi maxsus choralar ko‘rishni mo‘ljallayaptimi? Bunga aniqlik kiritish maqsadida  vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamova bilan bog‘landi.

“Vazirligimiz mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlardagi takliflarni diqqat bilan kuzatib boradi. Navbatdan tashqari qishki ta’til haqidagi takliflardan xabarimiz bor. Biroq ayni paytda ta’lim jarayonini to‘xtatish, ta’tillar muddatlarini o‘zgartirish reja qilinmayapti. Barchasi belgilangan dastur asosida davom ettiriladi. Ikkinchi chorak yakuni va yangi yil bayrami ta’tili ham belgilangan muddatda beriladi”, deydi Laylo Rustamova.

Unga ko‘ra, maktablardagi holat muntazam monitoring qilib borilmoqda. Har bir hududda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha shtablar tashkil qilingan. Isitish tizimi nosoz yoki avariyaga uchragan holatlarda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Toshkentda maktablarni isitish tizimi yaxshi ishlagani bilan viloyatlarda buni amalga oshirish biroz mushkulligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, respublikaning chekka hududlarida bu bilan bog‘liq muammo yoki shikoyatlar kuzatilmayaptimi? Bu savolga matbuot kotibi shunday javob berdi:

“Yo‘q, muammo yuzaga kelgan taqdirda joylarda tashkil qilingan shtablar tomonidan bartaraf etilish choralari ko‘riladi. Hozircha Jamoatchilik bilan aloqalar mas’ullariga shikoyat kelmadi, kelib tushgan taqdirda tezkor bartaraf etish chorasi ko‘riladi”.


Manba: "Qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ta’til, berdi., izoh, qo‘shimcha, etiladimi? XTV, Joriy, Maktablarda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz