15:54 Pensiya hisoblashda yangi tartib joriy etilmoqda. Kimlarning pensiyasi oshadi? | |
Misol uchun, 30 yil ish staj va 3 900 000 so‘m o‘rtacha oylik ish haqi olgan erkak kishiga 2022-yilda 1 944 000 so‘m yoshga doir pensiya tayinlangan. Pensiya hisobi: o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiya hisoblash bazaviy miqdori (324 ming so‘m)ning 10 baravari (3 240 000 so‘m) dan yuqori bo‘lgani sababli, pensiya hisoblash uchun 3 240 000 so‘m inobatga olingan; “Pensiyaning tayanch miqdori – 1 782 000 ming so‘m (pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o‘rtacha oylik ish haqi - 3 million 240 ming so‘mning 55 foizi); Ortiqcha ish staji uchun ustama – 162 000 so‘m (erkaklarga talab etilgan 25 yil stajdan har bir ortiqcha yillik ish staj uchun pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida – 3 million 240 000 so‘m, 5 foiz). Jami pensiya miqdori 1 782 000+162 000=1 944 000 so‘m. Ushbu fuqaroning pensiyasi 2023-yil 1-yanvardan qayta hisob-kitob qilinib, 2 332 800 so‘mni tashkil etadi”, – deyiladi jamg‘arma axborotida. Qayd etilishicha, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiya hisoblash bazaviy miqdori (324 000 so‘m)ning 12 baravari (3 888 000 so‘m)dan yuqori bo‘lgani sababli, pensiya hisoblash uchun 3 888 000 so‘m inobatga olinadi. Pensiyaning tayanch miqdori 2 138 400 so‘m (pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o‘rtacha oylik ish haqi - 3 888 000 so‘mning 55 foizi); Ortiqcha ish staji uchun ustama 194 400 so‘m (erkaklarga talab etilgan 25 yil stajdan har bir ortiqcha yillik ish staj uchun pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida - 3 888 000 so‘m, 5 foiz). Jami pensiya miqdori 2 138 400 + 194 400 = 2 332 800 so‘m. Ya’ni, fuqaroning 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiya miqdori amaldagiga nisbatan 388 800 so‘mga oshadi, deya hisobni tushuntirgan jamg‘arma. Jamg‘arma xabariga ko‘ra, hozirda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 240 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi. Pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarni Pensiya jamg‘armasiga murojaat etish zaruriyati yo‘q.
Manba: "daryo.uz"
| |
|