22:21 Kartoshka va zaytun mevalari qo‘shib pishirilgan tovuq | |
Mazali taom iste’mol qilishni xohlab, ammo tayyorlashga ko‘p vaqtimiz bo‘lmasa yoki erinayotgan bo‘lsak, unda oson tayyorlaniladigan bugungi taomimiz qo‘llab yuboradi. Gaz pechini 200 Taom pishiradigan qolipga yog‘ni quyamiz, kartoshka, zaytun mevalarini, sarimsoqpiyoz, lavr yaproqchalari va limonni to‘rtga bo‘lib solamiz.Qo‘lda bir xil qilib, tekislab olamiz. Tovuqlarga tuz va murch sepamiz. So‘ng sabzavotlar solingan idishimizga, ularni ham ustidan terib chiqamiz. Gaz pechiga qo‘yib, 1 soat davomida pishiramiz. Ora-orada ochib, tovuqdan ajralib chiqqan suvini sabzavotlarning ustiga quyib chiqamiz.Bir soat o‘tgandan so‘ng ochib kartoshkalarni pishganini tekshirib ko‘ramiz va 15 daqiqa yana tovuqlar qizarib pishishi uchun qo‘yamiz. Taomni olamiz. Sarimsoqpiyozlarni qoshiq bilan ezib suvini chiqaramiz. Ajralib chiqqan suvini yana tovuq ustidan quyamiz.So‘ng bemalol dasturxonga tortib iste’mol qilaveramiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: "zira.uz"
| |
|