13:27 Kartoshkadan pishiriq - odatiy mahsulotlardan noodatiy yegulik | |
Zarur masalliqlar (4 kishilik): 250 gr. go‘sht qiymasi, 250 ml. o‘simlik yog‘i, 50 gr. maydalangan yong‘oq, 6 ta kartoshka, 1 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq un, 1 choy qoshiq tomat, tuz, murch, zira. Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarni qaynatib, ezing. Un va tuxum solib, yaxshilab aralashtiring. 2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qovuring. Go‘sht qiymasini ham qo‘shib, yana 7 daqiqa qovurishda davom eting. Keyin maydalangan yong‘oq, tomat va tuz, zira solib, 3 daqiqa olovda qoldiring. 3. Kartoshkali aralashmadan aylanachalar yasab, o‘rtasiga qiymadan soling. Keyin tugib, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|