20:51 Kashalotning qusug‘i baliqchini millionerga aylantirdi | |
Lanyuy orolida yashovchi Li ismli baliqchi sohilda kashalotning qusug‘ini topib oldi. U 6 million yangi Tayvan dollari yoki 210 ming AQSh dollariga baholandi, deb yozadi «Taiwan News» nashri. Dengizchi xushbo‘y hid taratayotgan 4 kilo qora toshni mart oyida topib olgach, uni uyiga olib ketishga qaror qilgan. Lining do‘sti topilmadan bir bo‘lagini Gaosyun milliy universitetiga topshirishni maslahat bergan. Biologiya fanlari dotsenti Cheng Shi-Iye 7-oktyabr kuni bu favqulodda noyob va qimmatbaho topilma kulrang anbar ekanligini tasdiqladi. Olimning ta’kidlashicha, kulrang anbar kashalotlarning hazm qilish yo‘lida hosil bo‘ladi. Uni ko‘pincha «kashalotning qusug‘i» yoki «suzuvchi oltin» deb atashadi. Anbar parfyumeriya ishlab chiqarishda foydalaniladi. Nashrning yozishicha, uning bir kilosi 50 ming dollarni tashkil etadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|