23:25 Qo‘qonlik ayol karantinda o‘z uyini fohishaxonaga aylantirdi | |
Qo‘qon shahri. 06 aprel kuni Qo'qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Z.M. ismli ayol yashash xonadonida foxishaxona tashkil qilib, T.SH. va T.N.larni jinsiy aloqa qilishi uchun 300.000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan. Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov xarakatlari davom ettirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|