11:15 Samarqandlik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi | |
Samarqandda birdaniga 4 egizak dunyoga keldi. Qayd etilishicha, viloyat perinatal markaziga 29 oktyabr kuni Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi ayol M.Tohirova olib kelingan. Tekshiruvlar natijasida homilador ayol to‘rt egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tug‘ruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirishga qaror qilishgan. “2 noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki o‘g‘il va ikki qiz egizak tug‘dirib olindi. Hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Chaqaloqlar markazning chaqaloqlar bo‘limida nazoratda”, – deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva. Jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisa milliondan bir holatda uchraydi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|