13:27 Kelinlarga uy-ro‘zg‘ordagi oddiy 8 maslahat! | |
Taxtali mebellarning yuzasida suv solingan idishlarning izi qolgan bo‘lsa, chiziqlarning ustiga mayonez surtib qo‘ying va 1 soatdan keyin artib oling. Gilamsiz polni qirilishlardan himoyalash maqsadida stul va stol oyoqlariga maxsus “paypoq”lar kiygizish mumkin. Idish-tovoq yuvadigan gubkani quritish uchun qoq-oz qistirg‘ichdan foydalanib ko‘ring. Teridaga tekkan emulsiya bo‘yog‘ini bolalar yog‘i bilan ketkazsa bo‘ladi. Oddiy bo‘r yaltiroq oshxona anjomlarini xiralashib ketishdan saqlaydi. Buning uchun qoshiq va sanchqilar bilan birga bo‘rni sochiqqa o‘rab qo‘yish lozim. Gilamdagi stol yoki boshqa mebeldan qolgan izlarni osongina yo‘qotish mumkin, buning uchun gilamning “ezilgan” yerini sanchqi bilan tarashning o‘zi kifoya. Iste’mol sodasi idishining og‘zini ochib, yostiq, ko‘rpa va to‘shak jildlari hamda sochiqlar turadigan shkafga qo‘yilsa, ularni yoqimsiz hidlardan asraydi. Sitrus mevalarning po‘stlog‘i qahva hamda choydan qoraygan idishlarni yaxshi tozalaydi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|