10:05 Dushanba kunlaridan qo‘rqish hissini qanday yengish mumkin? | |
Sababini aniqlashga harakat qiling, keyin esa dushanba kunlarini qaytadan yaxshi ko‘rish uchun quyidagi usullardan biridan foydalaning. Boshqa vazifalarga tayinlashni iltimos qiling Hozir sizning qaysi kuchli tomonlaringiz ishga tushmayotganini o‘ylab ko‘ring. Ularni qo‘llashning aniq rejasini tuzing va boshliq bilan gaplashing. 2. Ko‘tarilish imkoniyatlaridan foydalaning Ko‘pchilik tashkilotlarda xodimlarning yuksalishga imkoniyati bor: menejmentlik kurslari, murabbiylik dasturlari, master-klasslar. Agar siz ishlayotgan kompaniya hozirgi vaqtda bunday sharoitlarni taklif qilmayotgan bo‘lsa, o‘zingiz bu haqda iltimos qilib so‘rang. 3. O‘zingizni ko‘rsatishga harakat qiling Agar siz yuqoriroq lavozimni egallamoqchi bo‘lsangiz, nafaqat o‘zingizning vazifalaringizni, balki undan ham ko‘prog‘ini bajaring. Yig‘ilishlarda g‘oyalaringizni ayting, loyihaga rahbarlik qilishni o‘z zimmangizga olishni taklif qiling yoki qo‘shimcha o‘rganishdan o‘tishni so‘rang. Bu sizning o‘sishga qiziqishingizni va javobgarlikni zimmangizga olishga tayyor ekanligingizni ko‘rsatadi. 4. Agar charchagan bo‘lsangiz, o‘zingizga dam olishga vaqt bering Holdan toyish sizga ham, ish beruvchingizga ham hech qanday yaxshilik olib kelmaydi, shuning uchun yaxshisi dam oling. Hatto, agar ishdan uzoqlashish hozirgi paytda imkonsiz bo‘lsa ham, hech bo‘lmasa kichikroq ta’til oling. Siz qayta tiklanasiz va yangi kuchlar bilan ishga qaytasiz. 5. Boshqa ish izlashni boshlang Agar siz ishingizdagi sharoitni o‘zgartirishga harakat qilsangiz ham baribir o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, bu boshqa ish izlash vaqti kelganini bildiradi. Sizning bo‘lajak ish joyingiz qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylab ko‘ring. Lavozimning oshishi, malakalaringiz, yangi bilimlar olish imkoniyati, ish haqi, ish va shaxsiy hayotning mutanosibligi, ofisning joylashgan joyi, kompaniyaning madaniyatini hisobga olish juda muhimdir. O‘zingiz orzu qilgan ishning sifatlarini ro‘yxat qiling va izlashni boshlang. Manba: “Layfxaker”
Manba: "daryo.uz"
| |
|