21:12 “Aql” tishni oldirish shartmi? | |
— Meni tish og‘rig‘i deyarli bezovta qilmasdi. Yaqindan boshlab “aql” tishim og‘riydigan bo‘ldi. Hamma uni oldirib tashlashni maslahat beryapti. “Aql” tishni davolab bo‘lmaydimi? Albatta oldirish shartmi? U boshqa tishlarga o‘xshamaydimi? Shuhrat Murodov, Sirdaryo viloyati Tish salomatligiga doir barcha savollarga stomatolog-shifokor Erkin RASULOV javob beradi: — Anatomik jihatdan “aql” tishlari boshqa tishlarga nisbatan mo‘rtroq bo‘ladi. Ularni olib tashlash amaliyotda tez-tez qo‘llaniladigan holat. Buni shu bilan izohlash mumkinki, “aql” tishlari chaynash jarayonida deyarli ishtirok etmaydi, ya’ni ularni yo‘qotishning chaynash samaradorligiga u qadar ta’siri yo‘q. Ayniqsa, yuqorigi “aql” tish jag‘ burchagida joylashgani tufayli ham sifatli davolashning qiyinligi yoki ko‘pincha imkonsizligi uchun olib tashlanadi. Sifatli davolanmagan tish tez orada yana bezovta qilishi turgan gap. Pastki “aql” tishni esa imkon qadar davolashga, biroz bo‘lsa-da umrini uzaytirishga harakat qilinadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|