09:53 Kim Chen In yig‘lab, kechirim so‘radi | |
KXDR rahbari Kim Chen In harbiy texnika paradida mamlakat fuqarolaridan kechirim so‘radi va yig‘lab yubordi, deb xabar bermoqda “The Korea Times”. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In Shimoliy Koreya xalqining yuqori ishonchiga qaramay, unga bildirilgan umidlarni to‘liq oqlay olmasligini ta’kidlagan. "Menga buyuk shaxslar Kim Ir Sen va Kim Chen Irning ishini davom ettirgan holda ushbu mamlakatni boshqarishdek katta mas’uliyat yuklangan bo‘lsa-da, mening harakatlarim va samimiyligim fuqarolarimizni hayotdagi qiyinchiliklardan xalos qilish uchun yetarli bo‘lmadi. Men juda afsusdaman", deya ta’kidlagan rahbar va ko‘zoynagini yechib, ko‘z yoshlarini artgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, KXDR rahbarining o‘z his-tuyg‘ularini namoyish etishi uning rahmdil va global lider ekanligini ko‘rsatishga qaratilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|