Главная » 2016 » Декабрь » 21 » Klimaks — jinsiy hayotning yakunimi?
15:17

Klimaks — jinsiy hayotning yakunimi?


45-50 yoshni qarshilagan har kim, xoh ayol, xoh erkak bo‘lsin jinsiy hayotida bir qancha o‘zgarishlar yuz berganini tan oladi. Ba’zan bular ijobiy bo‘lsa, ba’zan esa nojo‘ya ta’sirlar bilan hayotdan zavq olishga halal beradi. Asosiysi esa umrning yangi davrida yuz berayotgan hodisalar tabiiy ekanligini, yoqimsiz holatlarni tuzatish va bartaraf etish mumkinligini tushunishdir!

Mutaxassis – Oliy toifali shifokor, seksapotolog Ramazon NAZAROV.

 

E’TIBORLI BO‘LING!

Birinchi navbatda juftingiz va o‘zingiz ayrim masalalarga oydinlik kiritib olishingiz zarur. Agar quyidagi holatlar sizda kuzatilsa, klimaks jinsiy hayotingiz dahl etmagan bo‘ladi:

Jinsiy yaqinlik hanuzgacha huzur bag‘ishlaydi;

hozirda o‘rtangizda yaqinlikning miqdori hamda sifat darajasidan har ikkingiz ham mamnunsiz.

Gap shundaki, juftlikning har bir a’zosi mavjud holatdan rozi bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Agar oilada jinsiy yaqinlikka moyillik kamaysa-yu, biroq birga vaqt o‘tkazish har ikkingizga ham maroqli bo‘lsa, unda muammo yo‘q. Biroq juftlikning biri  yaqinlikni talab qilganida, ikkinchisi buni rad etsa, demak yechimi topilishi kerak bo‘lgan masalalar yo‘q emas.

NIMALAR O‘ZGARADI?

Menopauza javrida aksariyat ayollarni quyidagi muammolar bezovta qiladi:

Jinsiy maylning susayishi;

Jinsiy yaqinlik davrida qin sohasida og‘riq va yoqimsiz holat;

Rohatlanmaslik;

Juftida erektil disfunksiyaning kuzatilishi.

«XOHLAMAYMAN, ISTAMAYMAN!»

Organizm keksalik sari qadam tashlar ekan, erkak va ayolda jinsiy mayl birdek susayib boradi. Biroq libidoning pasayishidek muammo ayollarni erkaklarga nisbatan ikki barobarga ko‘proq mahv etadi. Sababi:

Testosteron gormoni miqdorining kamayishi,

Klimaks sababli yuz bergan o‘zgarishlar ayol o‘zni jozibali his qilishiga to‘sqinlik qiladi,

Ayol juftini yoqimtoy deb hisoblamaydi,

Xastaliklar (peshobni tutolmaslik, qindagi o‘zgarishlar va bachadonning pastga tushib qolishi kabi).

YeChIMI

Tashqi ko‘rinishingiz va qomatingizga e’tiborli bo‘ling! Klimaks bilan ro‘baro bo‘lish hayot tugadi degani emas. Siz uquvsiz yosh qizlardan ko‘ra ancha tajribalisiz, juftingizga nima yoqishini sizdan o‘zgasi yaxshi bilmaydi! Bundan unumli foydalanish esa o‘z qo‘lingizda! Kegel mashqlari sizga yordam berishi shubhasiz.

 

«OG‘RISA, NIMA QILAY?»

Menopauza davrini boshdan kechirayotgan ayollarning 40 foizi jinsiy yaqinlik vaqtidagi og‘riq, ya’ni achishishdan shikoyat qiladi. Odatda bu og‘riq qin sohasidagi quruq muhit tufayli yuzaga keladi.

SABABI:

Gormonal muhit o‘zgaradi;

Qin terisi yupqalashib, elastikligini yo‘qotadi;

Jinsiy yaqinlikdan uzoq muddat tiyilish kuzitaladi.

YeChIMI

Intim sohani kimyoviy moddalar bilan yuvishdan voz keching. Tez-tez toza sovunsiz suvda toharat qilib turish darkor. Muntazam jinsiy hayotni yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi. Lubrikantlardan foydalanish zarar qilmaydi. Tarkibida estrogen gormoni bo‘lgan vaginal shamchalar ham muammoni bartaraf etishda qo‘l keladi.

«SENI KUTIB ChARChADIM!»

Juftingizni mehriga qonishni istaysiz, biroq bundan o‘zingiz kutgan rohatni ololmasangiz-chi... Klimaks davrida ayollar libidoni saqlab qolsada, his qilish qobiliyati pasayganidan ko‘p shikoyat qilishadi.

SABABI:

Gormonal o‘zgarishlar;

Klitorning his qilish qobiliyati susayishi;

Kayfiyat o‘zgaruvchanligi, tushkunlik.

YeChIMI

Yangiliklardan aslo cho‘chimang, turmush o‘rtog‘ingiz bilan ochiqchasiga suhbatlashishdan tortinmang. Rohatni his qilmasligingiz sizning va juftingizni aybi emas. Biroq bu holatni faqatgina ikkingiz tuzata olasiz.

«YoRIM SIZGA NE BO‘LDI?»

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 55 yoshdan oshgan erkaklarning 50 foizi erektil disfunksiyadan aziyat chekishini tan oladi. Nima ham derdik, klimaks hech kimga shafqat qilmaydi!

YeChIMI

Shifokorga murojaat qilishga juftingizni ko‘ndiring. Zamonaviy tibbiyot shu qadar rivojlanganki, necha yoshdaligidan qat’iy nazar, dori-darmonlar bilan ereksiyani qaytarish imkoniyati mavjud. Juftingizni qo‘llab-quvvatlang! Negaki, bu davrda har qaysi erkak tushkunlikka tushib qolishi turgan gap.

Zilola UBAYDULLAYEVA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: jinsiy hayot, yakuni, klimaks | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz