17:08 Smartfon va planshetlar jinsiy hayot kushandasi | |
Odamlar hayotida smartfon va planshetlar paydo bo‘lganidan beri ularning jinsiy hayotlari yomonlashgan. Niderland tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan, deb xabar qildi NL Times. Moris de Xond ismlik olim Niderlandiya aholisidan uch ming odam orasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ular tadqiqotidan ko‘zlangan maqsad gadjetlarning jinsiy hayotga ta’sirini aniqlash bo‘lgan. 25 dan 34 yoshgacha bo‘lgan tadqiqot ishtirokchilarining yarmi yotoqxonadagi hayotga yangi texnologiyalar ta’sir qilayotganini tan olishdi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|