Главная » 2020 » Сентябрь » 1 » Ko‘p choy ichishning sog‘liqqa qanday zarari bor?
20:38

Ko‘p choy ichishning sog‘liqqa qanday zarari bor?


Tibbiyot xodimlari bir qarashda bezarar bo‘lib ko‘ringan ichimlikda yashiringan xavf-xatardan ogohlantirishdi. Bir qancha jiddiy alomatlar haddan tashqari ko‘p choy ichishga ishora qiladi. Bu haqda «Planeta novosti» nashri xabar berdi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agar odamni tez-tez uyqu buzilishi, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi bezovta qilsa, e’tiborini iste’mol qilayotgan choy miqdoriga qaratishi zarur.

Ichimlik tarkibida yuqori miqdordagi kofeinni unutmaslik lozim. U uyqusizlikka sabab bo‘lishi va o‘rganib qolishga olib kelishi tabiiy.

«Shuningdek, choy taomning oshqozondan chiqishiga xalaqit qilishi mumkin. Bu esa jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradi», — deya ta’kidlanadi nashrda.

Bundan tashqari, ichimlik tarkibidagi oshlovchi moddalar qonda temir konsentratsiyasi pasayishiga hamda hazm qilish yo‘llarining shikastlanishiga  sabab bo‘lishi mumkin.

«Bordi-yu, bir piyola choydan so‘ng ko‘nglingiz aynisa yoki qorningiz og‘risa, salbiy ta’sirini yo‘qotish uchun ko‘proq oqsil yoki uglevod yeb oling», — deya tavsiya etishadi mutaxassislar.

Shuni unutmangki, choy — peshob haydovchi ichimlik, u organizmdagi suyuqlikni chiqarib yuboradi. Shu bois bir piyola choydan so‘ng yo‘qolgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun bir stakan oddiy suv ichish tavsiya etiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ko‘p, zarari bor, sog‘liqqa, Choy, ichishning, qanday | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz