17:13 Xakerlar Senatning rasmiy saytiga hujum uyushtirishdan qanday maqsad ko‘zlanganini ochiqladi | |
Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekistonda noma’lum shaxslar Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-saytiga buzib kirishdi. Bu ishni “Marsh Golden” nomli xakerlar jamosi o‘z bo‘yniga oldi va nima uchun bunday ish qilganini ochiqladi. “Bu buzib kirish davlatga yoki umuman saytni ustidan kulish uchun emas, maqsad shunchaki zaiflikni ko‘rsatish. Bizni to‘g‘ri tushuning, hurmat ila Marsh Golden”,– deyiladi xakerlar xabarida. Xakerlar saytdagi biron-bir ma’lumotdan nusxa olgan yoki olmagani hozircha ma’lum qilinmadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|